08 may 16:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Maks Xollouey Jastin Getji uni nokdaunga tushirganini tan oldi
Avstraliyalik UFC jangchisi Maks Xollouey amerikalik Jastin Getji bilan bo'lib o'tgan jangini esladi.
"Bizning jangda Getjining hisobiga nokdaun hisoblanmadi. Buni hisoblanglar, men tan olaman nokdaun bo'lganimni. Men tan olmaydiganlar qatoriga kirmayman.
To'g'risi, u qanday urganini umuman eslay olmayman. Zarbadan keyin o'tirib qoldim. Keyin esa "nima edi bu? nima bilan urdi?", deya o'zimga savollar berdim . O'sha payt yaxshi zarba bo'ldi deb o'yladim. Turganimda hammasi joyida edi, ammo zarbaning o'zidan keyin oyoqlarim chalkashib ketdi. Men jangda edim, o'chib qolmadim, biroq buni qanday qilib nokdaun deb hisoblamaslik mumkin. Agar bu nokdaun bo'lmasa, nokdaun o'zi qanday bo'ladi?", dedi Xollouey.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar