So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

14 apr 16:56
Yangiliklar

Futbol

Maksim SHackix Abduqodir Husanov haqida gapirdi

​"Paxtakor" prezidentining sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Maksim SHackix sports24.kz saytiga bergan intervyusida Angliyaning "Manchester Siti" jamoasida o'ynayotgan Abduqodir Husanov haqida fikrlarini bildirdi.

- Maksim Aleksandrovich, Xusanov haqida nima deysiz? "Manchester derbisi" va "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda Gvardiola o'zbekistonlik himoyachini maydonga tushirmadi. Sizningcha, Abduqodir "shaharliklar" boshlang'ich tarkibida o'ynay oladimi?

- Uning o'ynamagani hech narsani anglatmaydi. Abduqodir boshlang'ich tarkibda o'ynaydi. Husanov "Manchester Siti"ning kelajagi ekanligini avval ham aytganman, hozir ham aytyapman va bundan keyin ham aytaman. U albatta o'ynaydi! Kechirasiz-u, yigit hali 21 yoshda. U allaqachon "Manchester Siti" safida ishonchli o'yinlar ko'rsatib ulgurdi. Hozir ingliz klubida qayta shakllantirish jarayoni ketyapti va bu, menimcha, davom etadi. Hech kimga sir emas, hamma ko'rib turibdiki, hozirgi "Manchester Siti" o'zining oldingi darajasida emas. SHuning uchun jamoada qayta shakllantirish bo'ladi. Husanovni ham aynan shu jarayonga taklif qilishgan. Abduqodir juda yuqori mahoratga ega futbolchi. SHu bilan birga, yaxshi inson. Unda futbolchiga kerakli intellekt va jismoniy kuch bor. Evropa maydonlarida superklubda o'ynash uchun barcha sifatlarga ega. Uning avval o'ynab, keyin o'yinga qo'yilmagani oddiy rotaciya. Bu futbolda normal holat.

- Nima bo'lmasin, u APL grandida tajriba orttirmoqda!

- Husanov "Manchester Siti"ga kirishib ketdi, endi u erdan chiqmaydi. Uning faoliyati endi yaxshi bo'ladi. Hammasi o'ziga bog'liq. Abduqodir ruhan juda barqaror. Bazi himoyachilar yoki darvozabonlar xatolardan keyin o'zlarini yo'qotib qo'yishlari mumkin. Lekin bu Husanovga tegishli emas! U bu jihatdan mutlaqo xotirjam va tushunarsiz his-tuyg'ularga berilmaydi. Bu borada Husanovning fazilatlari juda yaxshi.

- Husanovni afsonaviy himoyachilardan biriga o'xshatsa bo'ladimi? Masalan, Puyol yoki Pikega?

- Puyolga o'xshamaydi. U emocional jihatdan biroz boshqacha futbolchi. Husanov madaniyatli, odobli va kam gapiradi. Ehtimol, vaqt o'tishi va yoshi ulg'ayishi bilan bu narsa unda paydo bo'lar. Abduqodir deyarli gapirmaydi, jim turib o'z ishini qiladi. 

- Ehtimol, Pepega o'xshar? Kurashchi!

- Ehtimol. Lekin Pepe ulg'ayganida, tezligi va jismoniy holati etarli bo'lmay qolganda, shunday bo'ldi. SHunda u buni biroz boshqacha usullar bilan qoplay boshladi. Keling, Husanov Husanovdek bo'lsin!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing