16 may 13:12
Yangiliklar
Futbol

Maksim SHackix: "Rossiya terma jamoasida o'ynashni taklif qilishgandi..."
O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim SHackix kecha championat.asia saytining "Tezkor studiya" loyihasi mehmoni bo'ldi.
"Tezkor studiya" vaqtida SHackix o'z vaqtida fuqarolikni o'zgartirish borasida taklif bo'lgani haqida gapirib berdi.
"Rossiyaga o'ynash uchun ketganimda menga Rossiya yoshlar terma jamoasi yoki O'zbekiston milliy terma jamoasidan birini tanlashimni so'rashgandi. Men hech ikkilanishlarsiz o'z vatanim, O'zbekiston terma jamoasida o'ynashimni aytganman. Aslida men o'sha vaziyatga qadar qaror qabul qilib bo'lgan edim", - deydi Maksim SHackix.
Malumot uchun, Maksim SHackix 1999-2014 yillar davomida O'zbekiston terma jamoasi safida 61ta o'yinda maydonga tushib, 34ta gol urgan. Bugungi kunda u gol urish borasida terma jamoamiz rekordchisi hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar