24 okt 11:14
Yangiliklar
Tennis

Malayziya "Fyuchers". Humoyun Sultonov asosiy davradagi ilk o'yinini o'tkazdi
Kecha tennischimiz Humoyun Sultonov Kuala-Lumpurdagi turnirning saralash bosqich o'yinida raqibini mag'lubiyatga uchratib, asosiy to'rga yo'l olgani haqida xabar qilgandik.
Bugun u turnir asosiy davrasining ilk bosqichida kortga chiqdi. Ushbu bosqichda vakilimizga ukrainalik Yuri Javakian raqiblik qildi.
1 soat 48 daqiqa davom etgan o'yinda yosh tennischimiz 4:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar