01 noy 08:55
Yangiliklar
Tennis

Malayziya “Fyuchers”. Sultonov juftlikda yarim finalga chiqdi
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqaning juftlik bahslarida ishtirok etayotgan Humoyun Sultonov qirg'izistonlik Daniyar Duldaev bilan birga yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Hozirgina yakuniga etgan chorak final uchrashuvida Humoyun
va uning sherigi turnirning uchinchi raqamli juftligi hisoblangan avstraliyalik
tennischilar - Adam va Jeyson Teylor hamkorligini 1 soatu 2 daqiqa davom etgan
bahsda 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar