31 okt 14:20
Yangiliklar
Tennis

Malayziya "Fyuchers". Tennischilarimiz juftlik bahslarida chorak finalda o'ynaydilar
Malayziyada mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Ushbu turnirning juftlik bahslarida Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonovlar ham ishtirok etmoqda. Faqat ular o'zlariga boshqa mamlakatdan sherik tanlaganlar.
Jo'rabek xitoylik Aoran Vang bilan hamkorlikda o'ynayotgan bo'lsa, Humoyun qirg'izistonlik Daniyar Duldaev bilan tandem hosil qilgan.
Karimov/Vang juftligi chorak finalda Xitoy Taypeyi juftligi CHen/Xungga qarshi o'yin o'tkazadi. Humoyun va uning sherigi esa avstraliyalik tennischilardan Adam Taylor/Jason Taylorlarga qarshi o'yin o'tkazadi.
Yarim final yo'llanmasi uchun o'yinlar ertaga bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar