25 fev 13:15
Yangiliklar
Futbol

Malayziyadagi o'zbek derbisida To'raev "Terengganu"ga g'alaba keltirdi
Malayziya Premer-ligasida 6-turidan o'rin olgan "Terengganu" - "Kuala Lumpur" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Mezbonlar safida Lutfulla To'raev, mehmonlar tarkibida Boburjon Akbarov maydonga tushishdi. To'raev bahsning 52-daqiqasida gol urib o'z jamoasiga g'alaba keltirdi - 2:1.
"Terengganu" 6 o'yindan so'ng 12 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. "Kuala Lumpur" 8 ochko bilan 7-pog'onadan o'rin olgan.
Malayziya. Premer-liga. 6-tur
"Terengganu" - "Kuala Lumpur" 2:1
Gollar: Falkone 4, Lutfulla To'raev 52 - Nazmi 36
Havola :
Manba : championat.asia
O’xshash yangiliklar
12:52
Osiyo chempionatida 12 ta medal qo'lga kiritgan og'ir atletikachilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi 0
Fikrlar