So’nggi yangiliklar

10:56Топуриянинг мураббийи шогирдининг аҳволи ҳақида маълумот берди 0 10:31Анчелотти Бразилиянинг Шотландияни мағлуб этиб, плей-оффга йўлланма олганига изоҳ берди 0 09:48Теннис маликаларимизнинг ҳар иккиси Уимблдон финалида! 0 09:05"Бутун дунё бу жангни кўришни истайди". Оливейра Гэтжини реваншга чақирди 0 08:19"Махачев бу ҳақда гапирган эди". Кормье UFC'да нега америкалик бўлмаган жангчилар устунлик қилаётганини тушунтирди 0 19:06Бу оддий турнир эмас, бу Жаҳон чемпионати! 0 18:40"Кутяпмиз. Ҳозир кучли бешликдаман. Кейинги жанглар чемпионлик учун бўлиши ҳам мумкин" - Исроил Мадримов 0 18:17"Катта жанг устида ишлаяпмиз" - Иноуэ промоутери навбатдаги жангга ишора қилди 0 17:45Эрон терма жамоасига Мисрга қарши ўйиндан 2 кун олдин АҚШга киришга рухсат берилди 0 17:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг кейинги рақиби собиқ жаҳон чемпиони бўлиши мумкин 0 16:41"Конорга қарши жанг қилишим керак эди, аммо у осон йўлни танлади" - Оливейра 0 16:07Андижонда ўтказиладиган Mangu 4 турнирининг марказий жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 15:40Криштиану Роналду: "Кимки меҳнат қилса, Худо унга ёрдам беришига ишонаман" 0 15:07Яна икки россиялик атлет Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилади 0 14:42Нурсултон Рўзибоев 2026 йилда яна нечта жанг ўтказмоқчи эканини айтди 0

26 avg 17:19
Yangiliklar

Boshqalar

Mamlakatimizda basketbolni yanada ommalashtirish yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  Basketbol
Kecha Respublikamizda basketbol sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish yuzasidan mutasaddilar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Videokonferenciya shaklida o'tkazilgan yig'ilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov ishtirok etdi. Yig'ilishda basketbolning rivoji yo'lida olib borilayotgan ishlarni to'la darajada qoniqarli emasligi qayd etildi.

Hozirgi kunda ushbu sport turi bilan 669 nafar murabbiy va 12 000 dan ortiq sportchilar shug'ullanib kelayotgan bo'lsalarda, basketbol respublikamizning barcha hududlarida bir xil darajada rivojlangan deb bo'lmaydi.

Umumtalim maktablari jismoniy tarbiya fani o'quv dasturida basketbol sport turi kiritilgan va darsdan keyin shug'ullanuvchilar mavjud bo'lishiga qaramasdan, turli yoshdagi terma jamoalarni shakllantirish, selekciya ishlariga etarli etibor qaratilmayotganligi, oxirgi yillar davomida xalqaro maydonda arzirli natijalar qo'lga kiritilmayotganligi, bundan tashqari Milliy terma jamoalarning ham raqobatbardoshlilik darajasi yuqori emasligi alohida takidlab o'tildi.

Yurtimizning barcha shahar va tumanlarida, har bir o'quv muassasalarida sport zallari mavjud bo'lsada, bu imkoniyatlardan etarli darajada foydalanilmayotganligi, ko'plab turar-joy mavzelarida, mahallalarda, chekka qishloqlarda o'yin maydonchalari shug'ullanuvchilar ehtiyojini qondira olmayotganligi etirof etildi.

SHuningdek, yig'ilishda basketbolning ommaviyligini yanada rivojlantirish, uning tomoshabopligi va homiylarini shakllantirish zaruriyati, erkaklar, ayollar, talabalar va bolalar basketbol ligalarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, barcha yoshdagi terma jamoalarning murabbiylar shtabiga selekciya ishlariga etibor qaratish, yil yakuni bo'yicha Bosh murabbiylar faoliyatiga alohida baho berilishi kabi vazifalar belgilandi.

Yig'ilish yakunida sport o'yinlari bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi va Bosh murabbiylar oldiga davlat va homiylik ko'magi yordamida milliy chempionatni Osiyo, Evropa va boshqa davlatlardagi etakchi basketbol ligalari darajasiga ko'tarish, murabbiylar va hakamlarning malakasini oshirish hamda xalqaro musobaqalarni tegishli tashkiliy darajada tashkil etish uchun xalqaro ekspertlarni yanada faol jalb qilish bo'yicha muhim vazifalar qo'yildi.

SHuningdek, mamlakatimizda sport o'yinlarini rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish bo'yicha kelishib olindi.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
26 avg 17:33:46
Hurshid 2331
Хозир Узбек баскетболчиларини борлигига ишонмиман. Умуман Узбекистонда Баскетболчилар борми 1ки йукми?
+1   
26 avg 17:32:58
Hurshid 2331
1972 йилда Товоксойлик Козокистонлик-Узбекистонлик Баскетболчи Алжан Жармухамедов, СССР таркибида олимпия уйинларида АКШнинг энг зур уйинчиларини маглубиятга учратган. Алжан Жармухамедов Тошкентнинг СКА командасида уйнаган. Ушанда СССР баскетболчилари тарихда ягона АКШни ютган команда булган.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing