03 mar 15:25
Yangiliklar
Mamlakatimizning eng kuchli dzyudochilari aniqlandi
Joriy yilgi sport mavsumida xalqaro maydondagi nufuzli turnirlar oldidan o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tab bergan musobaqada tajribali sportchilar bilan birga yosh iqtidor egalari ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi.
Vazni 60 kilogrammgacha bo'lgan polvonlar o'rtasidagi bellashuvlarda Muhriddin Tilovov Mashrab Pardaev, Elshod Isoqov, Anvar Olloyorov, Farid Amrulloev va Doniyor Sultonboevni engib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
Sardor Nurillaev, Hikmatulla To'raev, Davlat Bobonov, Yahyo Imomov, SHerali Jo'raev va Muhsin Hisomiddinov ham o'z vazn toifalarida mamlakat chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi.
Xotin-qizlar o'rtasida Muqaddas Kubeeva, Diyora Keldiyorova, Dildor SHermetova, Muhayyo Ibrohimova, Gulnoza Matniyozova, Kumush Yo'ldosheva, Rahima Yo'ldosheva birinchi o'rinni egalladi.
Fikrlar