16 iyu 11:18
Yangiliklar
Futbol

"Man Siti" rekordni yangilay olmagani uchun "Liverpul" ustidan hazil qildi + FOTO
"Manchester Siti" "Liverpul"ning "Arsenal" (1:2)ga qarshi o'yiniga munosabat bildirdi.
"SHaharliklar"ning kataloncha tvitter akkauntida o'yindan so'ng "100" belgisi bilan post joylandi.
Bu esa "Liverpul"ning "Manchester Siti" rekodrini yangilay olmaganiga ishora edi. 2017/18 yilda "Siti" 100 ochko to'plagan holda APL rekordini o'rnatgan.
Xabar bir necha daqiqalardan so'ng o'chirib tashlandi.
"Liverpul" endi qolgan 2ta o'yinda g'alaba qozonsa, maksimum 99 ochkoga ega bo'ladi. "Qizillar" shuningdek "Siti"ning chempionatdagi g'alabali soni (32)ni takrorlashi mumkin, ammo undan oshib keta olmaydi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" "Liverpul"dan oldin ketma-ket ikki mavsumda APL chempioni bo'lgan edi.
Havola :
Manba : twitter.com/ManCityCatala
Fikrlar