27 fev 15:24
Yangiliklar
"Man Siti" - Xoland uchun kurashda favorit
Angliya klubi Dortmundning "Borussiya" jamoasi 21 yoshli forvardi uchun kurashda favorit bo'lib turibdi. "Man Siti" o'yinchi uchun "jang"da "Real"dan o'tib ketdi.
Vaziyatga ko'plab omillar tasir o'tkazmoqda.
Birinchidan, "Real" forvardi Karim Benzemaning shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan, u kelasi mavsumda aniq klubda qoladi. SHu sabab Madrid grandi Xolandning transferini 2023 yilning yozida amalga oshirishni rejalashtirmoqda, ammo norvegiyalik yana bir mavsum Dortmundda qolmoqchi emas.
Ikkinchidan, "Manchester Siti"da bitimni tashkil etish uchun moliyaviy muammo yuzaga kelmaydi. "SHaharliklar" uzoq vaqt "Tottenxem" forvardi Xarri Keyn bilan shartnoma imzolamoqchi edilar, ammo londonliklar o'yinchini qo'yib yubormadi. Endi "Man Siti"ning unga qiziqishi so'nib bormoqda.
Norvegiyalik joriy mavsum "Borussiya" (Dortmund) safida 20ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar