26 avg 13:54
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/131497_220.jpg)
Manba: Lionel Messi "Manchester Siti"ni tanladi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Manchester Siti"ga o'tishga qaror qildi.
Bu haqda jurnalist Marselo Bexler xabar bermoqda. Oldinroq, Messining "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan muzokaralar o'tkazgani xabar qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, Messi har mavsumning so'nggida bitimni bir tomonlama bekor qilish bandidan foydalanmoqda. Agar Messi bitimni bir tomonlama bekor qilishga urinsa, "Barselona" u bilan sudlashadi.
33 yoshli Messi yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 31 ta gol va 26 ta assist qayd etdi. Leo Messi - "Barselona" tarbiyalanuvchisi va klub tarixadagi eng yaxshi to'purardir. Messi "Barsa" tarkibida 4 bor CHempionlar Ligasi g'olibiga aylangan.
Havola :
Fikrlar