01 apr 14:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Manba: Merab Dvalishvili va SHon O'Melli o'rtasidagi chempionlik revansh jangi iyun oyida bo'ladi
Eng engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili hamda amerikalik sobiq chempion SHon O'Melli o'rtasidagi revansh jangi bo'yicha info paydo bo'ldi.
Vestnik MMA nashrining xabar berishicha, chempionlik bellashuvi 7 iyun kuni Nyuarkda tashkil etiladigan UFC 316 turniri doirasida o'tkaziladi.
Merab va SHon o'rtasidagi ilk bahs 2024 yilning sentyabr oyida bo'lib o'tgandi. Unda Dvalishvili ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi.
Malumot uchun, 34 yoshli gruzin faoliyati davomida hozirga qadar 23 ta jang o'tkazib, 19 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. 30 yashar O'Melli hisobida esa 18 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : Vestnik MMA
Fikrlar