12 noy 12:34
Yangiliklar
Xokkey
Manba - U-20 xokkey terma jamoamiz Jahon chempionatiga qo'yilmadi
O'zbekiston xokkey federaciyasi sobiq matbuot kotibi Aleksandr Malishev U-20 yosh toifasidagi JCHning III B divizioniga oid yangiliklar bilan o'rtoqlashdi.
Uning yozishicha, musobaqada o'zbekistonlik yosh arbitr Sergey Ermakov laynsmen sifatida faoliyat olib boradi.
2026 yilning 18-24 yanvar kunlari Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida o'tadigan musobaqada O'zbekiston U-20 terma jamoasi ham qatnashish istagini bildirgan. Ammo divizionda ishtirok etadigan bazi terma jamoalar xokkeychilarimizning musobaqada qatnashishiga norozi bo'lgan.
Bu holatda IIHF O'zbekiston U-20 terma jamoasining JCHda qatnashish arizasini bekor qilgan. Turnirda Meksika, Qirg'iz Respublikasi, JAR, Lyuksemburg, Gonkong va Eron terma jamoalari bahs olib boradi.
Havola :
Manba : t.me/abmhockey
Fikrlar