31 okt 09:59
Yangiliklar
Futbol

“Manchester Siti” 18 yoshli hujumchini sotib oladi
Serbiyaning “Partizan” klubi hujumchisi faoliyatini APLda davom ettiradi.
“Manchester Siti” “Partizan” hujumchisi Filip Stevanovichni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi. Qayd etilishicha, “shaharliklar” 18 yoshli hujumchi uchun bonuslarni hisobga olganda 8 mln evro to'laydi. Stevanovich yozgi transferlar vaqtida MYUga o'tishi mumkin edi. Biroq transfer amalga oshmagandi.
Malumot uchun, Filip joriy mavsum Serbiya chempionatida 11 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi.
Havola :
Fikrlar