24 noy 10:54
Yangiliklar
Futbol

“Manchester Siti” APLda 400-g'alabasiga erishdi
Angliya premer ligasi 13-turida “Manchester Siti” o'z maydonida “CHelsi” (2:1) ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritdi.
Bu “shaharliklar”ning Premer liga doirasidagi 400-g'alabasi, deya xabar bermoqda klubning Tvitterdagi rasmiy sahifasi.
“Siti” APL klublari orasida ushbu dovonni zabt etgan oltinchi klubga aylandi. Bungacha Premer ligada “Tottenhem” (450), “Liverpul” (541), “CHelsi” (566), “Arsenal” (569) va “Manchester Yunayted” (652) ushbu natijani qayd etishgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar