02 okt 22:10
Yangiliklar

“Manchester Siti” bu mavsumda ilk bor mag'lub, chempionda durang
“Manchester Siti” klubi bu turda mavsumdagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Londonda “Tottenxem” klubi mehmoni bo'lgan “shaharliklar” 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Amaldagi mamlakat chempioni “Lester” o'z uyida qimmatli ikki ochkodan mahrum bo'ldi. “Sautgempton”ga qarshi uchrashuvda “tulkilar” mehmonlar darvozasi tomon yo'l topa olishmadi.
Angliya chempionati. 7-tur
TOTTENXEM – MANCHESTER SITI 2:0
Gollar: 1:0 – 9, avtogol Kolarov, 2:0 – 37 Alli.
“Tottenxem” – Loris, Alderveyreld, Rouz, Uoker, Vertongen, Sissoko (Dayer, 72), Vanyama, Alli (Nkudu, 86), Eriksen, Lamela, Son Xyn Min.
“Manchester Siti” – Bravo, Stounz, Kolarov, Sabaleta, Otamendi, Silva, Fernando (Gyundogan, 53), Navas (Ixeanacho, 65), Fernandino, Sterling (Sane, 87), Aguero.
Ogohlantirishlar: Otamendi (20), Vanyama (30), Rouz (42), Sterling (56).
LESTER – SAUTGEMPTON 0:0
“Lester” – SHmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, Drinkuoter, Amarti, Olbrayton (Grey, 66), Marez, Slimani (Uloa, 78), Vardi (Okadzaki, 66).
“Sautgempton” – Forster, Fonte, Bertran, Soaresh (Martina, 27), van Deyk, Tadich (Long, 71), Romeu, Redmond, Xeyberg, Devis, Ostin (Uord-Prouz, 83).
Ogohlantirish: Marez (54).
Fikrlar