07 fev 09:03
Yangiliklar
![](/upload/storage/53740_220.jpg)
"Manchester Siti" g'alaba qozondi va turnir jadvalida peshadamga aylandi
"Gudison Park" stadionida 40 000 muxlis ko'z o'ngida kechgan uchrashuvda "shaharliklar" 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Har ikki bo'limning oxirgi daqiqalarida Laport va Gabriel Jesus tomonidan kiritilgan gollar "Manchester Siti"ga muhim uch ochko keltirdi.
Ushbu g'alabadan keyin Xosep Gvardiola shogirdlari to'plar nisbatiga ko'ra turnir jadvalida 62 ochko bilan birinchi o'ringa ko'tarilib olishdi. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Liverpul" jamoasida ham 62 ochko bor. Mersisaydliklar manchesterliklarga qaraganda bitta kam o'yin o'tkazishgan.
Everton" – "Manchester Siti" 0:2 (0:1, 0:1)
«Gudison Park» stadioni
Gollar: 0:1 – 45 Laport, 0:2 – 90 Gabriel Jezus.
"Everton": Pikford, Zuma, Din, Kenni, Kin, Andre Gomesh (Sigurdsson, 63), Guye, Bernard (Risharlison, 73), Devis, Uolkott (Tosun, 80), Kelvert-Lyuin.
"Manchester Siti": Ederson, Otamendi, Laport, Stounz, Uoker, Silva (de Bryuyne, 89), Fernandino, Bernardu Silva, Gyundogan, Sane (Sterling, 59), Aguero (Gabriel Jezus, 80).
Ogohlantirishlar: Fernandino (73), Zuma (82).
Fikrlar