18 apr 02:01
Yangiliklar

"Manchester Siti" g'alaba qozonib, ECHL bilan xayrlashdi!
Gollarga boy bo'lgan o'yinda stadionga tashrif buyurgan muxlislar jami 7 ta gol ko'rishdi. Ana shu gollarning 5 tasi 21-daqiqaga qadar darvozalar to'ridan joy olib ulgurgandi. Dramatik bahs yakunida "Manchester Siti" 4:3 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa-da, yarim finalga "Tottenxem" yo'l oldi.
Boisi, ilk uchrashuvda "shporlar" 1:0 hisobida zafar quchishgan edi. Safarda urilgan gollar evaziga "Tottenxem" ECHL bosh sovrini uchun kurashni davom ettiradigan bo'ldi. Londonliklar final ostonasida musobaqa kashfiyotiga aylangan "Ayaks"ga qarshi bahs olib borishdi.
ECHL. 1/4 final. Javob o'yini
Manchester Siti Angliya – Tottenxem Angliya 4:3 (3:2, 1:1)
“Etixad Stedium”
Gollar: 1:0 – 4 Sterling, 1:1 – 7 Son Xyon Min, 1:2 – 10 Son Xyon Min, 2:2 – 11 Bernardu Silva, 3:2 – 21 Sterling, 4:2 – 59 Aguero, 4:3 – 73 Lorente.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Kompani, Laport, Mendi (Sane, 84), Silva (Fernandino, 63), de Bryuyne, Gyundogan, Bernardu Silva, Aguero, Sterling.
Tottenxem – Loris, Tripper, Alderveyreld, Vertongen, Rouz (Sanches, 90), Vanyama, Sissoko (Lorente, 41), Alli, Eriksen, Son Xyon Min, Lukas Moura (Devis, 82).
Ogohlantirishlar: Sissoko (41), Son Xyon Min (48), Rouz (54), Vanyama (77).
Birinchi uchrashuv – 0:1
Fikrlar