25 okt 13:18
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/21444_220.jpg)
"Manchester Siti" gol ura olmaganiga to'p aybdormi?
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Liga kubogi doirasida "Vulvurxempton"ga qarshi uchrashuv (0:0, penaltilar bo'yicha - 4:1)da foydalanilgan to'plarni tanqid qildi.
"Yuqori darajadagi turnirda bunday to'plardan foydalanish kerak emas. Buni qabul qilib bo'lmaydi. Ular juda ham engil, hech narsa o'xshamaydi. Bunday to'plar bilan gol urib bo'lmaydi. Men bahona qilmayapman, chunki biz g'alaba qozondik.
Barcha o'yinchilarim to'p haqida shunday deyishdi: "Bu nima?" Kechirasiz, lekin bunday musobaqa uchun bu jiddiy emas", - dedi Gvardiola.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar