19 iyu 15:30
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Siti" Jezusning narxini yuqoriladi
"Manchester Siti" braziliyalik Gabriel Jezus bilan yozgi transfer oynasida xayrlashishi mumkin.
24 yoshli futbolchining xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda.
Angliya chempioni rahbariyati Gabrielning sotuvidan 50 million evro miqdorida mablag' olmoqchi. Hujumchining "shaharliklar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Jezus o'tgan mavsum APL doirasidagi 29 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 4 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar