22 iyu 09:04
Yangiliklar
Futbol

“Manchester Siti” ketma-ket 4 ta o'yinda g'alaba qozondi, to'plar nisbati - 16:1!
Angliya Premer Ligasining 37-turi doirasida “Manchester Siti” klubi safarda “Uotford”ni 4:0 hisobida engdi.
Xosep Gvardiola jamoasi APLning ketma-ket 4 ta o'yinida g'alaba qozondi. Mana shu uchrashuvlarda to'plar nisbati 16:1 ni tashkil etmoqda.
- “Man Siti”—“Nyukasl” 5:0
- “Brayton”—“Man Siti” 0:5
- “Man Siti”—“Bornmut” 2:1
- “Uotford”—“Man Siti” 0:4
“SHaharliklar” 78 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o'rinda borishmoqda. Ular mavsumni 2-o'rinda yakunlashi ham aniq bo'lib ulgurgan.
Havola :
Fikrlar