11 apr 07:38
Yangiliklar

"Manchester Siti" - "Liverpul" - 1:2. Klopp jamoasi yarim finalga yo'l oldi
"Siti" uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Gabriel Jesus tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobni ochgan bo'lsada, yakunda alamli mag'lubiyatga uchradi. Bugungi kun yulduzi Muhammad Saloh hamda Firmino tomonidan kiritilgan gollar "Liverpul" jamoasini yarim finalga olib chiqdi.
Manchester Siti Angliya – Liverpul Angliya 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 2 Gabriel Jezus, 1:1 – 56 Salax, 1:2 – 77 Firmino.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Fernandino, Silva (Aguero, 66), de Bryuyne, Sterling, Bernardu Silva (Gyundogan, 74), Sane, Gabriel Jezus.
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold (Klayn, 81), van Deyk, Firmino (Klavan, 81), Oksleyd-CHemberlen, Salax (Ingz, 89), Veynaldum, Mane, Milner.
Ogohlantirishlar: Ederson (14), Mane (14), Aleksander-Arnold (29), Bernardu Silva (30), Firmino (35), van Deyk (65).
Birinchi uchrashuv: 0:3.
Fikrlar