04 jan 03:02
Yangiliklar

"Manchester Siti" - "Liverpul" bahsida 3ta gol kiritildi
Uchrashuvning 40-daqiqasida chap qanotdan uzatib berilgan to'pni Serxio Aguero o'tkir burchak ostidan turgan bo'lishiga qaramay kuchli zarbasi evaziga hisobni ochdi - 1:0.
63-daqiqada jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Arnold darvoza oldida turgan sherigiga oshirdi. Firmino yaqin masofadan bo'sh qolgan darvozani osonlik bilan ishg'ol qildi - 1:1.
O'yinning 73-daqiqasida esa Leroy Sane jarima maydonchasiga kirib bordi va chap oyoqda uzoq pastki burchakni aniq nishonga oldi. To'p darvoza ustuniga tegib, to'rdan joy oldi - 2:1. "Manchester Siti" ushbu muhim g'alabasi evaziga "Liverpul" bilan oradagi farqni to'rt ochkoga qisqartirdi.
Angliya chempionati, 21- tur
Manchester Siti – Liverpul 2:1
Gollar: 1:0 – 40 Aguero, 1:1 – 64 Firmino, 2:1 – 72 Sane.
Manchester Siti – Ederson, Kompani (Otamendi, 88), Danilo, Stounz, Laport (Uoker, 86), Silva (Gyundogan, 65), Fernandino, Sterling, Bernardu Silva, Sane, Aguero.
Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Veynaldum (Starridj, 86), Xenderson, Milner (Fabino, 57), Mane (SHakiri, 77), Salax, Firmino.
Ogohlantirishlar: Lovren (20), Kompani (31), Veynaldum (38), Laport (45), Bernardu Silva (89), Ederson (90).
Fikrlar