26 iyu 07:08
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Siti" "Liverpul"ni chempionlik bilan tabrikladi
Xabar berganimizdek, kecha tunda "CHelsi" klubi APL 31-turi doirasida "Manchester Siti" jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etgandi.
"Manchester Siti" mag'lubiyatga uchragani sababli "Liverpul" rasman muddatidan avval chempionlik nomiga sazovor bo'ldi. "SHaharliklar" matbuot xizmati klubningi rasmiy "Tvitteri"da "Liverpul"ni 19-chempionlik tituli bilan tabrikladi.
"Liverpul"ni Premer-Ligadagi g'alaba bilan tabriklaymiz", — deyiladi klub qoldirgan izohda.
Klopp shogirdlari oradan 30 yil o'tib yana "Liverpul"ni mamlakat chempioniga aylanira olishdi.
Eslatib o'tamiz, oxirgi marta "Liverpul" 1990 yil oltin medallarga ega chiqqandi.
Havola :
Fikrlar