07 dek 11:26
Yangiliklar
Futbol

“Manchester Siti” MLS’ning eng kuchli darvozaboni bilan shartnoma imzoladi
MLS’dagi “Kolambus Kryu” klubining darvozaboni Zak Steffen “Manchester Siti” azosiga aylandi.
“Siti” Steffen uchun 6,6 mln evro to'lagan. 23 yoshli posbon yanvarda “shaharliklar” safiga kelib qo'shilishi kutilmoqda va shu zahoti mavsum oxiriga qadar Italiyaning “Jenoa” klubiga ijaraga yuboriladi.
Zak ortda qolgan mavsumda MLS’ning eng yaxshi darvozaboni sifatida etirof etildi. U “Kolambus”ga o'tgunga qadar, Germaniyaning “Frayburg” jamoasi ikkinchi tarkibida to'p surgan.
Havola :
Fikrlar