18 avg 07:52
Yangiliklar
![](/upload/storage/81703_220.jpg)
"Manchester Siti" o'z maydonida "Tottenxem"ni mag'lub eta olmadi
Uchrashuvda amaldagi Angliya chempioni "Manchester Siti" o'z muxlislari ko'z o'ngida Londonning "Tottenxem" jamoasini qabul qildi. O'yin gollarga boy bo'ldi.
Garchi "Siti" hujumlar yomg'irini vujudga keltirgan bo'lsa-da, "Tottenxem" o'z imkoniyatlaridan foydalanib 1 ochkoga ega bo'ldi. So'nggi daqiqada Jezusning goli hisobga olinmaganini ham takidlash kerak.
APL, 2-TUR.
"Manchester Siti" - "Tottenxem" 2:2
"Ettixad" stadioni
Gollar: 20' Sterling - 1:0, 23' Lamela - 1:1, 34' Aguero - 2:1, 57' Moura - 2:2.
"Manchester Siti" - Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Zinchenko, Rodrigo (78, David Silva), Gyundogan, De Bryuyne, Sterling, Bernardu (80, Maxrez,), Aguero (66, Jezus).
"Tottenxem" - Loris, Uoker-Piters, Alderveyreld, Sanches, Rouz, Uinks (56, Lukas Moura), Sissoko, Ndombele, Eriksen (90+1, Skipp), Lamela (85, Lo CHelso), Keyn.
Ogohlantirish: Sterling (26).
Fikrlar