25 may 15:02
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Siti" Saneni "Bavariya"ga qo'yib yubormoqchi emas
Yaqin kunlarda "shaharliklar" yarim himoyachi Leroy Sane bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib boradi.
"Manchester Siti" futbolchini yozda ketmaslikka undamoqda. Germaniyalik xavbekning jamoa bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq, Sane o'zining "Manchester Siti"dagi o'rnidan noroziligi to'g'risidagi xabarlar yangragandi. "Bavariya" yarim himoyachi uchun 80 million evro taklif qilgan.
Transfermarkt.de malumotlariga ko'ra Sanening narxi 100 million evroni tashkil etadi.
Sane joriy mavsum premer-ligada 31ta o'yin o'tkazib, 10ta gol va shuncha assistga mualliflik qilgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar