14 may 14:50
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Siti" Sanening narxini malum qildi
"Manchester Siti" vinger Leroy Sane uchun 50 million evro so'ramoqda.
Anchadan beri Leroy Sanega qiziqayotgan Myunxen klubi esa 40 million evro to'lashga tayyor. Ikki tomon ham narx borasida muzokaralar olib borishmoqda.
Sane "Bavariya" bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan, u Bundesligaga qaytishga tayyor. "Siti" Leroyni qadrlaydi, ammo uni kuch bilan ushlab qolmoqchi emas.
Leroy joriy mavsum barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : kicker.de
Fikrlar