So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

13 okt 18:45
Yangiliklar

Futbol

“Manchester Siti”dan 5 mavsum davomida 25 ochkodan olib tashlanishi kerak" - MYU sobiq futbolchisi

"Manchester Yunayted" sobiq posboni Peter SHmeyxel moliyaviy qoidabuzarliklar ishi bo'yicha "Manchester Siti"ga tayinlanishi mumkin bo'lgan jazo yuzasidan fikr bildirdi.

25 sentyabr kuni mustaqil komissiya "Manchester Siti"ni APLning moliyaviy qoidalarini buzish bo'yicha 115 ta ayblov bandidan 114 tasida aybdor deb topdi. SHu bilan birga, aniq sankciyalar hozircha tasdiqlanmagan. Klub apellyaciya berishi kutilmoqda.

"Menimcha, albatta, ularni Premer-ligada qoldirish kerak. Ammo keyingi 5 yil davomida Premer-ligadagi har bir mavsumni ular minus 25 ochko bilan boshlashlari lozim.

Bu qolgan barcha uchun doimiy eslatma bo'ladi: agar Premer-ligada firibgarlik qilsang va boshqa barcha klublarni aldasang, jazo og'ir bo'ladi. O'ylaymanki, bu juda muhim: 5 yillik transfer taqiqi va yirik jarima.

SHundan so'ng, menimcha, xo'jayinlarni klubni sotishga majbur qilish kerak. Ularning bu futbol klubini boshqarishga loyiq ekanligiga ishonmayman va umuman ular Angliyada futbol klubini boshqarishlari kerak emas deb hisoblayman.

SHuningdek, bu ishga aloqador bo'lganlarning barchasini chetlatish kerak deb o'ylayman. Ular futbolda ishlamasliklari lozim. Sovrinlarni tortib olish yoki ularni qoldirish esa — nazarimda, pirovardida bu katta ahamiyatga ega emas", – dedi SHmeyxel.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing