28 dek 11:50
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/25581_220.jpg)
"Manchester Siti"dan bir yo'la ikkita rekord
Kecha oqshom o'tkazilgan Angliya Premer-ligasining 20-turidan o'rin olgan "Nyukasl" - "Manchester Siti" uchrashuvida mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchishgandi.
Siti APLda safarda ketma-ket 11-uchrashuvda g'olib bo'lib 2008 yil CHelsi o'rnatgan rekordni takrorladi. Kecha Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoasi uchun APLdagi ketma-ket 18-g'alaba bo'ldi.
Top-5 chempionatlarning mutloq rekordi ham Gvardiola boshchiligidagi Bavariyaga tegishli. 2013-2014 yilgi mavsumda Myunxen klubi qatorasiga 19ta o'yinda zafar quchgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar