22 jan 18:42
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Yunayted" 16 yoshli futbolchi uchun 30 million funt taklif qildi
"Manchester Yunayted" "Birmingem" yarim himoyachisi Jud Bellingemga qiziqmoqda.
"Qizil iblislar" 16 yoshli xavbek uchun 30 million funtdan ortiq mablag' taklif qilishmoqda.
O'yinchi ayni payt "Birmingem"da haftasiga 145 funt miqdorida stipendiya oladi. U iyunda 17 yoshni qarshilaydi va o'zining birinchi professional shartnomasini imzolashi mumkin.
Bellingemga shuningdek "Barselona", "Bavariya", "Borussiya" (Dortmund) va "Liverpul" klublari qiziqmoqda.
Eslatib o'tamiz, futbolchi joriy mavsum CHempionshipda 25ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar