24 dek 14:08
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted" Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi uchun kurashda "Liverpul"dan oldinda
"Benfika" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enco Fernandesga bir necha APL klublari qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Bruno Andradening qayd etishicha, "Manchester Yunayted" 21 yoshli futbolchi uchun kurashda "Liverpul"dan oldinda. "Qizil iblislar" raqobatdan qochish uchun 120 million evrolik tovon pulini to'lashga tayyorlar.
Fernandes 2022 yildan beri "Benfika" o'yinchisi hisoblanadi. U joriy mavsum Portugaliya klubi safida barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Argentinalik jahon chempionati-2022da turnirning eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topildi.
Havola :
Manba : twitter.com/brunoandrd
Fikrlar