20 fev 10:25
Yangiliklar
Futbol

Manchester Yunayted Blekbern ustidan irodali g'alabaga erishdi
Angliya kubogining 1/8 finalida Blekbern o'z maydonida Manchester Yunaytedga 1:2 hisobida yutqazdi.
Garchi mezbonlar uchrashuvdagi hisobni ochishgan bo'lsada, yakunda g'alabani saqlab qololmadilar. Gremning goliga "Qizil iblislar" Reshford va Zlatan Ibragimovichning gollari bilan javob qaytarishdi.
Angliya Kubogi. 1/8 final
Blekbern – Manchester Yunayted 1:2
Gollar: 1:0 – 17 Grem, 1:1 – 27 Reshford, 1:2 – 75 Ibragimovich.
Blekbern – Stil, Grir, Malgryu, Uilyams, Lenixan, Lou, Fini (Mexoni, 73), Gatri (Tomlinson, 81), Konuey, Grem (Stouks, 77), Emnes.
Manchester Yunayted – Romero, Roxo, Smolling, Darmian, Lingard (Pogba, 62), Yang, Kerrik, Errera, Mxitaryan, Marsyal (Ibragimovich, 62), Reshford.
Ogohlantirishlar: Uilyams (35), Lingard (52), Yang (73).
Havola :
Fikrlar