28 okt 15:10
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Yunayted" Bundesligadan 40 mlnga himoyachi olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" kelasi yozda "RB Leypcig" himoyachisi Dayo Upamekanoni xarid qilishga urinib ko'radi.
Upamekano 31 iyulda "Leypcig" bilan tuzgan shartnomasini 2023 yilga qadar uzaytirdi. SHartnomada o'yinchini 38 mln funtga xarid qilish bo'yicha band bor.
Ammo, bu band 2021 yilning yozi yakunlanganiga qadar amal qiladi. MYU bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi va 22 yoshli franciyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Upamekakno o'tgan mavsum 38ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi. Joriy mavsum esa 7ta o'yinda 1ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar