13 jan 14:27
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/26581_220.jpg)
"Manchester Yunayted" De Xeaning haftalik maoshini 300 ming funtga etkazmoqchi
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Real" qiziqish bildirayotgan jamoaning 27 yoshli darvozaboni David De Xeani tarkibda saqlab qolmoqchi va unga shartlari yaxshilangan yangi bitim taklif qiladi.
Ispaniyalikning mankunianlar bilan kelishuvi 2019 yilgacha mo'ljallangan. Malumotlarga ko'ra, Manchesterdagilar futbolchining haftalik 210 ming funtlik maoshini 300 ming funt sterlingga ko'tarmoqchi. Agar yangi bitim imzolansa, De Xea klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.
Malumot uchun, joriy mavsumda De Xea "Manchester Yunayted" safida APLning 22ta uchrashuvida maydonga tushdi va 16ta gol o'tkazib yubordi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar