27 sen 15:17
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/88364_220.jpg)
"Manchester Yunayted" etakchisi "Arsenal"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba "Arsenal"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkinligini aytdi.
"Pogba "Rochdeyl"ga qarshi bahsda o'ynadi. U 90 daqiqa ajoyib harakat qildi, ammo to'pig'iga berilgan zarba tufayli to'pig'i shishib ketdi", - deydi Sulsher.
"SHunday ekan, Pol "Arsenal"ga qarshi bahsgacha tiklanish uchun hamma imkoniyatini ishga solmoqda".
Pogba joriy mavsum MYU safida barcha turnirlarda 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etgan. Eslatib o'tamiz, MYU - "Arsenal" o'yini 30 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar