10 apr 10:33
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Yunayted" franciyalik futbolchiga qiziqib qoldi
"Bavariya" markaziy yarim himoyachisi Korenten Tolisso "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublarining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Joriy mavsum ko'rsatib berdiki, Tolisso myunxenliklar jamoasining ajralmas bo'lagiga aylanolmadi. U 14 bahsni asosiy tarkibda boshlagan, xolos.
26 yoshli futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyul oyiga qadar mo'lajallangan. "Transfermarkt" portalida yarim himoyachining trasfer qiymati 25,5 mln evroga baholangmoqda.
Takidlanishicha, "Yuventus", "Napoli" va "Atletiko" mutasaddilari ham Tolissoning atrofidagi vaziyatlarga befarq emas.
Havola :
Fikrlar