23 fev 16:46
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted" Fred uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda
Braziliyalik xavbek Fred "Manchester Yunayted" bilan hamkorlikni uzaytirishga yaqin.
Klubda uning Ralf Rangnik qo'l ostida yaxshi o'ynayotganini sezishmoqda va shu sabab uni yangi shartnoma bilan mukofotlashmoqchi.
"Qizil iblislar" tez orada 28 yoshli braziliyalik bilan yangi bitim borasida muzokaralar o'tkazadi. Amaldagi shartnoma 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fred 2018 yilning yozidan beri Manchester klubida o'ynaydi. Braziliyalik joriy mavsum APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar