07 iyu 15:52
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Yunayted" himoyachi uchun 100 million taklif qilmoqda
"Qizil iblislar" "Lester" himoyachisi Garri Maguayrni sotib olishni istamoqda.
Oldinroq "Manchester Yunayted" himoyachi uchun 78 million evro taklif qilgani borasida malumotlar berilgandi. Biroq bu narx "Lester"ni qoniqtirmagandi.
Endi MYU Maguayr uchun 100 million evro taklif qilmoqda, deb xabar beradi "Daily Star". Agarda "tulkilar" ushbu taklifga rozilik berishsa, Maguayr futbol tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar