07 mar 16:46
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted" ikki o'yinchini sotib, 80 million evro ishlab topishni rejalashtirmoqda
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano o'zining YouTube-kanalidagi videoda malum qildi.
"Manchester Yunayted" yozda hujumchilar Rasmus Xoylund va Markus Reshfordni sotib, 80 million evro ishlab topishni rejalashtirmoqda.
Manba malumotiga ko'ra, "Napoli" Xoylundni ijaradaga olish uchun allaqachon 6 million evro to'lagan. Bundan tashqari, Italiya jamoasi daniyalik hujumchini transferini to'liq sotib olish uchun "qizil iblislar"ga yana 44 million evro to'lashga tayyor.
SHuningdek, "Barselona" Reshfordni 30 million evroga sotib olishi kutilmoqda. Kataloniya klubi hujumchi bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishgan, ammo "Manchester Yunayted" va "Barselona" o'rtasidagi muzokaralar hali davom etmoqda.

Havola :
Fikrlar