21 dek 15:39
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted" Kavanini 2022 yilning yoziga qadar saqlab qolmoqchi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani 2022 yilning yoziga qadar jamoada qolishi mumkin.
Manchesterliklar koronavirus bilan bog'liq vaziyat sabab yaxshi o'yinchini erta qo'yib yubormoqchi emas. Kavanining shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'nggida yakuniga etadi.
"Barselona" urugvaylikni yaqin transfer oynasida xarid qilishni xohlamoqda. Futbolchining o'zi Kataloniya klubi libosini kiyish uchun maoshining kamayishiga tayyor.
34 yoshli Kavani joriy mavsum "qizil iblislar" tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
"Barselona" va Kavani 1,5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar