26 noy 16:03
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Yunayted" La Ligadagi himoyachiga qiziqmoqda
"Valyadolid"ning markaziy himoyachisi Moxammed Salisuga APL klublari qiziqmoqda.
Salisuga yaqinda "Everton" qiziqayotganligi to'g'risida xabar berilgan edi, endilikda bu futbolchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqmoqda.
Futbolchining tovon puli 12 million evroni tashkil etmoqda. 20 yoshli Salisu (191 sm) "Valyadolid" maktabiga 2017 yil oktyabrda kelgan.
Joriy yilning yozidan esa asosiy jamoaga o'tib, 14ta o'yinda maydonga tushishga ham ulgurdi va ularning bittasida o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar