12 jan 13:39
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted" Reshford bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Manchester Yunayted" hujumchi Markus Reshford bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
24 yoshli angliyalik bilan shartnomani uzaytirish "Manchester Yunayted" rahbariyati uchun maqsaddir.
Murabbiylar shtabi yarim himoyachining yomon formasidan xavotirda, ammo bu shartnomani uzaytirishga tasir qilmaydi. Angliya klubi Reshfordga 2021 yilning avgustida o'tkazgan operaciyasidan so'ng formasini tiklab olish uchun vaqt berishga tayyor.
Reshford joriy mavsum "Manchester Yunayted" tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar