03 avg 14:28
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Yunayted" Sanchoga taklif tayyorlamoqda
"Manchester Yunayted" Dortmundning "Borussiya" jamoasi xavbeki Jeydon Sanchoni xarid qilmoqchi.
Manchesterliklar 20 yoshli angliyalik yarim himoyachi uchun shartnoma tayyorlashmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.
"Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi bo'lmish Sancho - MYUning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi. "Borussiya" o'yinchi uchun 120 million evro talab qilmoqda.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydnoga tushib, 20ta gol va 18ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : twitter.com/NicoSchira
Fikrlar