12 sen 16:30
Yangiliklar
Futbol

“Manchester Yunayted” yiliga 500 mln funt daromad qilgan ilk ingliz klubi
“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati 2015/16 yilgi mavsum yakunlari bo'yicha moliyaviy hisobotni elon qildi.
Unga ko'ra, “MYU”ning yillik daromadi 515,3 million funt sterlingdan iborat ekanligi oydinlashdi. SHundan sof foyda 68,9 million funtni tashkil qildi. Bu bilan mankunianliklar bir yilda yarim milliard funt sterlingdan ko'proq daromad qilgan birinchi ingliz klubiga aylanishdi.
2015 yili jamoaning daromadi 395,2 million funtdan iborat bo'lgan edi. Lekin “Manchester Yunayted” yillik daromad bo'yicha “Barselona”dan hamon ortda qolyapti. Kataloniyaliklarning so'nggi mavsumdagi daromadi 570 million funt sterlingni tashkil qilgandi.
Havola :
Fikrlar