20 may 16:49
Yangiliklar

"Manchester Yunayted"ning hech qaysi o'yinchisida koronavirus aniqlanmadi
Premer-liga rahbariyati kecha kechga yaqin 17 va 19 may kunlari Liga klublarining o'yinchi va xodimlaridan olingan koronavirus uchun test natijalarini elon qilgan edi.
APL. 748 testdan 6tasi ijobiy natija berdi
Unda APLning 3 klubidan 6ta ijobiy test chiqqani malum qilingandi.
Liga kasallanganlarning ism-sharifi oshkor qilinmasligi malum qilgandi. "BBC" jurnalisti Saymon Stounning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" yuqoridagi 3 klub orasida emas. Yani, "qizil iblislar"ning hech bir o'yinchisida koronavirus aniqlanmagan.
Ayni paytda jamoa APL restarti oldidan umumiy guruh mashg'ulotlariga tayyorlanmoqda.
"Yunayted" futbolchilari test topshirish uchun Karringtondagi bazaga kelishgan kundagi rasm.
Eslatib o'tamiz, ushbu hafta yakunida Premer-liganing barcha o'yinchi, murabbiy va xodimlaridan koronavirus uchun ikkinchi bor test olinadi.
Havola :
Manba : twitter.com/sistoney67
Fikrlar