16 may 15:27
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Yunayted"ning yangi mavsum uchun formasi namoyish etildi FOTO
"Qizil iblislar"ning yangi libosi 1998/99 yilgi mavsumda MYU ning APL, Angliya Kubogi va CHempionlar ligasini yutganiga bag'ishlangan.
Forma ananaviy qizil rangda tayyorlangan. Libosning qo'l qismida esa CHempionlar ligasi final uchrashuvida kiritilgan gollarning daqiqalari tasvirlanganini alohida etirof etish lozim.
Eslatib o'tamiz, CHL ning 1998/99 yilgi finalida MYU dramatik tarzda "Bavariya" ustidan g'alaba qozongan edi. Myunxenliklar o'yinning 6-daqiqasidayoq tezkor gol urishgan, so'nggi daqiqalarda esa ingliz klubi ikkita gol urgandi.
Mankunianlar joriy mavsum APL da 6-o'rinni band etishdi va kelgusi mavsum ECHLda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kirita olishmadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar