So’nggi yangiliklar

12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0

13 iyu 10:31
Yangiliklar

Boshqalar

Maqsad – delegaciyamiz uchun barcha qulay sharoitlarni yaratish

Turkiyaning Konya shahrida bo'lib o'tadigan V Islom birdamligi o'yinlari o'zbek sporti etiborida turgan eng katta start bo'lib turibdi.

Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorlanayotgan atletlarimizning hozirligini ko'rib olish uchun ayni qulay fursat, deya etirof etilayotgan musobaqaga har tomonlama jiddiy hozirlik ko'rilmoqda.

SHu kunlarda Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi mutasaddilari Konya shahrida xizmat safarida bo'lib turishibdi. Undan ko'zlangan maqsad mezbon shahar infratuzilmasi, transport-logistika tizimi, sportchilar uchun yaratiladigan sharoitlar, obektlar orasidagi masofa, Olimpiya shaharchasi bilan yaqindan tanishishdir.

Vazirlik va Qo'mita rahbariyati ishlab chiqqan rejaga ko'ra, 9-18 avgust kunlari o'tadigan V Islom birdamligi o'yinlarida delegaciyamiz dasturga kiritilgan 27 sport turidan 23 tasida 270 nafarga yaqin sportchi bilan ishtirok etishi mo'ljallangan. 

Umumiy hisobda esa bo'lajak turnirga dunyoning 54 mamlakatidan 3500 nafar atrofida sportchi tashrif buyurishi kutilmoqda. SHu bois yuqorida qayd etilgan yo'nalishlar bo'yicha kerakli malumotlarni to'plash musobaqa davomida delegaciyamizga maksimal qulayliklar yaratish uchun juda muhimdir.

Hozirda barcha terma jamoalarimiz ushbu kompleks musobaqaga qizg'in tayyorgarlik olib bormoqda. Murabbiylar shtabi bilan tuzilgan yangi rejaga muvofiq, har bir federaciya musobaqa o'tadigan avgust oyiga o'z atletlarining sport formasini maksimal darajada yuqori pog'onaga olib chiqadi.

7500 yillik tarixga ega Konya shahrida ayni paytda 2 milliondan ortiq inson istiqomat qiladi. SHahar dengiz sathidan 1000 metrdan ziyodroq balandlikda joylashgan, iqlimi kontinental. Malum qilinishicha, avgust oyida shaharda o'rtacha 22-25 daraja issiq bo'ladi. SHubhasiz, bu har qanday sport turida bellashuvlar o'tkazish uchun juda qulay sharoit, deyish mumkin.

Ishchi guruh tashrif davomida O'yinlarning ochilish va yopilish marosimi bo'lib o'tadigan bosh stadion, stenddan otish, engil atletika, suzish, basketbol, velodrom kabi obektlarda bo'lib, u erdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing