30 avg 08:30
Yangiliklar
Futbol

Maradona Buenos-Ayres aeroportida policiya tomonidan qo'lga olindi
Argentinalik futbol afsonasi Diego Armando Maradona yana dunyo ommasining diqqat etiborini o'ziga tortdi.
Gap shundaki, 55 yoshli afsona Buenos-Ayres aeroportida policiya tomonidan xibsga olindi. Maradona avval o'g'irlab ketilgan qalbaki hujjatdan foydalanganlikda ayblanmoqda. Diego o'zining 25 yoshli hamrohi bilan Dubayga jo'nab ketayotgan edi. Maradonaning o'zi barcha ayblovlarni inkor etmoqda.
“Men hech kimga mening hayotimni nazorat qilishiga yo'l qo'ymayman. 15 yildan beri yuragim buyurgan ishni qilib kelyapman. Bu aylovlarni xatto muhokama ham qilmayman. Advokatim qaysidir siyosatchi tomonidan buyurtma qilingan bu holat bo'yicha shug'ullanmoqda”, – dedi Maradona.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar